Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari bilan operatsiya qilish boʻyicha xizmatlariga bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq toʻlaydi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirish borasidagi bank xizmatlarining narxi bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilab qoʻyilmagan hollarda xizmatlar uchun toʻlanadigan haq ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Bankning xizmatlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvaragʻida turgan pul mablagʻlaridan undirib olinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 780-modda. Bankning hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga qilgan xarajatlarini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/780 (lex.uz/docs/-180552)