Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan daʼvoni qoʻzgʻatishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qoʻyilgan boʻlishi shart.
Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni toʻliq yoki qisman rad etsa yoki oʻttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin.
Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar boʻyicha daʼvo qoʻzgʻatish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari yoʻlovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli emas.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 724-modda. Yuk tashishga nisbatan talab va daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/724 (lex.uz/docs/-180552)