Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Buyurtmachi oʻziga koʻrsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda toʻlashi shart.
Ijrochi oʻzi aybdor boʻlmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini toʻlashi shart, bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) koʻrsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin boʻlgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xizmatlar bahosi butunlay toʻlanishi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 705-modda. Xizmatlarga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/705 (lex.uz/docs/-180552)