Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilish uchun kelmagan yoki ishni qabul qilishdan boshqacha tarzda boʻyin tovlagan taqdirda, pudratchi buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, bunday ogohlantirishdan keyin ikki oy oʻtgach, ishning natijasini oqilona narxda sotishga, tushgan pulni esa, undan oʻziga tegishli boʻlgan butun toʻlovlarni chegirib qolib, ushbu Kodeksning 249-moddasiga muvofiq buyurtmachining nomiga depozitga oʻtkazishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda pudratchi ish natijasini sotish oʻrniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 664-modda. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilish uchun kelmasligining oqibatlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/664 (lex.uz/docs/-180552)