Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi boʻyicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan boʻlsa, normal yeyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi.
Tekin foydalanish shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks 537-moddasida, 540-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 545-moddasida, 553-moddasining toʻrtinchi qismida, 555-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 617-modda. Tekin foydalanish shartnomasi tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/617 (lex.uz/docs/-180552)