Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy taʼmirlash ijaraga beruvchining burchidir.
Prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi prokat shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qoʻyilishiga, ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qoʻyishga va ularni xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida, ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 563-modda. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/563 (lex.uz/docs/-180552)