Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) koʻchmas yoki koʻchar mol-mulkni boshqa tarafga (renta toʻlovchiga) mulk qilib beradi, renta toʻlovchi esa olingan mol-mulk oʻrniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablagʻ berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot boʻlgan muddat mobaynida toʻlash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yoʻl qoʻyiladi. Umrbod renta fuqaroni oʻz qaramogʻiga olgan holda umrbod taʼminlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 512-modda. Renta shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/512 (lex.uz/docs/-180552)