Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma boʻyicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar, shu jumladan koʻchmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa koʻchmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Shartnomada bunday maʼlumotlar boʻlmasa, boshqa shaxsga topshirilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi shartni taraflar oʻzaro kelishib olmagan, tegishli shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 484-modda. Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma narsasini belgilash Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/484 (lex.uz/docs/-180552)