Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sugʻurtalash majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, biroq unda sugʻurtalash shartlari va tovar sugʻurtalanadigan eng kam summa belgilanmagan boʻlsa, sugʻurtalash shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta summasi tovar bahosidan kam boʻlishi mumkin emas.
Tovarni sugʻurtalashi lozim boʻlgan taraf shartnoma shartlariga muvofiq sugʻurtalashni amalga oshirmagan hollarda boshqa taraf tovarni sugʻurtalashga va sugʻurtalashi lozim boʻlgan tarafdan sugʻurta xarajatlarini qoplashni talab qilishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 423-modda. Tovarni sugʻurtalash Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/423 (lex.uz/docs/-180552)