Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Ushbu boʻlim qoidalariga muvofiq, chet el huquqiga har qanday havola etish tegishli mamlakatning kollizion huquqiga emas, balki moddiy huquqiga havola etish deb qaralishi lozim, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Chet el huquqi ushbu Kodeksning 1168-moddasiga, 1169-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga, 1171 va 1174-moddalariga muvofiq qoʻllanilgan hollarda qarshi tomon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi huquqiga va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish qabul qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1161-modda. Qarshi tomon va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/1161 (lex.uz/docs/-180552)