Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Shaxsning hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obroʻsi, shaxsiy hayotining daxlsizligi, xususiy va oilaviy siri, nomga boʻlgan huquqi, tasvirga boʻlgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tugʻilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy neʼmatlar tortib olinmaydi va oʻzga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli boʻlgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111189
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 99-modda. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-1/99 (lex.uz/docs/-111189)