Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Agar benefitsiarning talabi yoki unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelmasa yoxud kafilga kafolatda belgilab qoʻyilgan muddat tamom boʻlganidan keyin taqdim etilgan boʻlsa, kafil benefitsiarning talabini qondirishni rad etadi.
Kafil benefitsiarning talabini qondirishni rad etganligi haqida uni darhol xabardor qilishi shart.
Agar benefitsiarning talabi qondirilgunga qadar kafolat bilan taʼminlangan asosiy majburiyat batamom yoki uning tegishli qismi bajarilganligi yoxud boshqa asoslarga koʻra bekor boʻlganligi yoinki haqiqiy emas deb topilganligi kafilga maʼlum boʻlib qolsa, u bu haqda darhol benefitsiarga va prinsipalga xabar berishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111189
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 307-modda. Kafilning benefitsiar talabini qondirishni rad etishi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-1/307 (lex.uz/docs/-111189)