Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talabnomalar, xususan hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Fuqarolarning undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonunchilik bilan man etilishi yoki cheklanishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111189
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 267-modda. Garov narsasi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-1/267 (lex.uz/docs/-111189)