Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mol-mulkni yoʻq qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Mulkdor tomonidan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yoʻq qilingan boʻlsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin.
Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111189
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 198-modda. Mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-1/198 (lex.uz/docs/-111189)