Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Agar daʼvo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan boʻlsa, daʼvo qoʻzgʻatilganga qadar oʻta boshlagan daʼvo muddati umumiy tartibda davom etadi.
Agar jinoyat ishi boʻyicha qoʻzgʻatilgan daʼvo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan boʻlsa, daʼvo qoʻzgʻatilgunga qadar oʻta boshlagan daʼvo muddati daʼvoni koʻrmasdan qoldirgan hukm qonuniy kuchga kirgunicha toʻxtatib turiladi, daʼvo muddati toʻxtatib turilgan vaqt daʼvo muddatiga qoʻshilmaydi. Bunda muddatning qolgan qismi olti oydan kam boʻlsa, u olti oygacha uzaytiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111189
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 158-modda. Daʼvo koʻrilmasdan qoldirilgan taqdirda daʼvo muddatining oʻtishi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-1/158 (lex.uz/docs/-111189)